Soha | Junior | Middle | Senior | Staff |
---|---|---|---|---|
Ish hajmi | Vazifa | Funksiya (Feature) | Loyiha | Tizim |
Ta’sir doirasi | Individual | Hamkasblar | Jamoa(lar) | Tashkilot |
Kod sifati | Ko‘p kod yozadi | "Efficient" va "maintainable" kod yozadi | Kamroq, lekin ta’siri katta kod yozadi | Juda oz, lekin strategik kod yozadi |
Muammo | Aniq belgilangan muammolarni hal qiladi | O‘rtacha murakkablikdagi muammolarni yechadi | Murakkab muammolarni aniqlaydi va hal qiladi | Yangi muammolarni aniqlaydi va uzoq muddatli texnik yo‘nalishni belgilaydi |
Bajarish | Yo‘l-yo‘riq va nazoratga muhtoj | Mustaqil ishlaydi | Amalga oshirishni boshqaradi | Jamoalararo bajarilishni boshqaradi |
Texnik yo‘nalish | Mavjud yechimlardan foydalanadi | Mavjud yechimlarni yaxshilaydi | Yangi yechimlar yaratadi | Arxitektura va freymvorklarni belgilaydi |
Faoliyat | Ishi baholanishiga muhtoj | Hamkasblari ishini baholay oladi (code review) | "Best practice"larni aniqlab, ularni joriy qiladi | Dasturlash bo‘yicha barcha (engineering-wide) standartlarni belgilaydi |
Jarayon & Instrument | Mavjud texnika/texnologiyalardan foydalanadi | Yaxshilanishlar taklif qiladi | Yaxshilash va optimallashtirishlarni boshqaradi | Jarayon va texnikalarga oid katta yangilanishlarini amalga oshiradi |
Kommunikatsiya | Asosan ma’lumot oladi | Hamkasblar bilan fikr almashadi | Jamoalar aro samarali kommunikatsiya qiladi | Rahbariyat va turli bo‘limlar bilan ishlaydi |
Mentorlik | Boshqalardan o‘rganadi | Juniorlarga yo‘l ko‘rsatadi | Jamoa a’zolariga faol mentorlik qiladi | Yetakchilarni rivojlantiradi va muhandislik madaniyatini shakllantiradi |
Jamoalar aro ishlash | Faqat o'zining dasturchilar jamoasida ishlaydi | Dizayn/mahsulot(product) jamoasi bilan ishlay oladi | Turli jamoalar bilan yaqindan ishlaydi | Butun kompaniya miqyosidagi jamoalar aro ishlarni boshqaradi |
Noaniqlikni boshqarish | Past — ish aniq belgilangan bo'lishi kerak | O‘rtacha — ba’zi dizayn qarorlariga hissa qo'shadi | Yuqori — noaniq muammolarni yoritadi | Juda yuqori — muammolarni aniqlaydi va ta'sir doirasini belgilaydi |
Manba: Yangshun Tay Tarjimon: Diyorbek Sadullaev